"Manchester Yunayted" "Vest Xem" o'yinchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
9 mar 2021, 10:47
MYU yozgi transfer oynasida o'z tarkibini "Vest Xem" xavbeki Deklan Rays bilan kuchaytirmoqchi.

London klubi 22 yoshli angliyalik futbolchining sotuvidan 70 million funt miqdorida olishni xohlamoqda.

Qayd etish kerakki, "Chelsi" ham Raysga qiziqish bildirmoqda. "Ko'klar" anchadan buyon o'yinchini kuzatmoqda va uning xaridi bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Rays joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN