"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashmoqchi

Khoja
20 fev 2026, 10:46
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuramni yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun variant sifatida ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.  

Manbaga ko'ra, ikkala ingliz giganti ham 24 yoshli futbolchining turinlik klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi ehtimoli yuqori ekanligini tushunmoqda. Biroq shunga qaramasdan ular fransiyalik futbolchini o'z saflariga qo'shib olishni maqsad qilishgan.

Joriy mavsumda Tyuram-Yulen barcha turnirlarda 32 ta o'yinda ishtirok etib, 2 gol urgan va 3 golli uzatma bergan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali o'yinchining bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: TEAMtalk