"Manchester Yunayted" va "Liverpul" germaniyalik hujumchiga taklif bilan chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022, 18:48
Nemis futbolining o'sib borayotgan yulduzi Yussufa Mukoko Dortmundning "Borussiya" klubini Angliya Premer-ligasi grandlaridan biriga o'zgartirishi mumkin.

Sport Bild jurnalistlarining yozishicha, 17 yoshli hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub skautlari futbolchining o'yinlarini anchadan buyon kuzatib borishmoqda.

Mukoko va Dortmund klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Yussufaning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Hujumchi Bundesliga joriy mavsumida 13 ta uchpaguv o'tkazib, 6 ta gol urdi hamda 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild