"Manchester Yunayted" U-23 jamoasining yangi bosh murabbiylarini tanishtirdi. Bu Vidich emas

Mirjalol Normatov
5 iyul 2019, 00:55
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati jamoaning 23 yoshgacha bo'lgan tarkibiga tayinlangan yangi bosh murabbiylar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, jamoani Kvinton Forchun boshqaradigan bo'ldi. U 1999-2006 yillar davomida "Manchester Yunayted"da o'ynagan va 76 o'yinda maydonga tushgan.

Shuningdek, Forchunning yordamchisi sifatida Nil Vud ishlaydigan bo'ldi.

Oldinroq ushbu jamoani Nemanya Vidich boshqarishi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/utdxtra