

Turkiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" 20 yoshli futbolchining transferi uchun 90 million evro pul berishga tayyor.
Avvalroq, "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona" kabi jamoalar ham turkiyalikka qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.
Yildiz joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta assist bor.



