"Manchester Yunayted" Tripper bilan shartnoma imzolay olmasa, "Leyptsig"dan Adamsni xarid qilishi mumkin

Alisher
25 dek 2021, 17:16
"Leyptsig" yarim himoyachisi Tayler Adams faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli amerikalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda.

Angliya klubi agar "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolay olmasa, uning o'rniga Adamsni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

Adams joriy mavsum "Leyptsig" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic