"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Braziliya chempionatiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi sobiq hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.



Braziliyaning "Flamengo" klubi jarohat olgan Pedro Abreu o'rniga 28 yoshli Marsyal variantini ko'rib chiqmoqda. Fransiyalikning o'zi boshqa takliflarga ham ega.

Antoni Marsyal o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida jarohat tufayli 19 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano