

33 yoshli nemisning "arilar" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Roys "Borussiya" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ham rad etgani yo'q.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning hujumchi vakili bilan uchrashgani xabar qilingan edi.
Futbolchi 2022/23 yilgi mavsum "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.



