

Manbaning xabariga ko'ra, "Liverpul" (0:5) va "Manchester Siti" (0:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng klub rahbarlari ertami-kechmi murabbiyni almashtirish zarur degan xulosaga kelishgan.
Biroq Sulsher aynan qachon istefoga chiqarilishi hozircha aniq emas. Norvegiyalik murabbiy mavsum oxirigacha jamoada qolishi mumkin.
"Manchester Yunayted" rahbarlari Erik ten Xag (Ayaks) va Luis Enrike (Ispaniya)ga qiziqish bildirmoqda, ammo "Lester" ustozi Brendan Rojers asosiy maqsad bo'lib turibdi.



