"Manchester Yunayted" Pereyrani "Flamengo"ga ijaraga berib yuboradi

Mirjalol Normatov
18 avg 2021
Andreas Pereyra yana bir bor "Manchester Yunayted"dan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi ijara asosida "Flamengo" tarkibida o'ynaydi. Shartnoma bir yilga mo'ljallangan. Braziliya klubi futbolchining maoshini yarmini to'laydi. Qolgan qismini esa MYU o'z zimmasiga olgan.

O'tgan mavsumni Pereyra "Lacio" tarkibida ijara asosida o'tkazib, 26 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano