"Manchester Yunayted" muxlislari Pogbani haqorat qilishdi

Aslanov Jasurbek
13 may 2019
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Kardiff Siti"ga qarshi uy uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng mankunianlar ishqibozlari tomonidan haqorat qilindi.

"Qizil iblislar" 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi va 2018/19 mavsumni 6-o'rinda yakunlashdi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng futbolchi tribunadagi muxlislarga yaqin kelib, elkasini qisib qo'ydi va bosh barmog'ini ko'rsatdi, ishqibozlar esa javob tariqasida uni haqorat qilishdi.

Ayni damda Pogba "Manchester Yunayted"da qolishi noma'lum. Oldinroq, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qaymoqranglilar" yarim himoya chizig'ini fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com