

Klubdagilar Mateus Kunyani "Vulverxempton"dan 62 mln funtga sotib olganidan keyin aynan Gyokereshning transferiga bor e'tiborini qaratadi.
"Yunayted" rahbariyati bir necha haftalardan buyon Gyokeresh transferi bilan shug'ullanmoqda. Yevropa ligasi finalidan keyin klub ushbu transfer ishlarini tezlashtiradi. Mankunianliklar bor murabbiyi Ruben Amorim ushbu hujumchi bilan "Sporting"da birga ishlagan.
Bunga qadar futbolchiga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lgan. Biroq jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike markaziy hujum poziciyasini kuchaytirishga ehtiyoj sezmagani bois parijliklar qiziqishni yo'qotgan.
"Arsenal" esa futbolchiga yiliga 7 mln funt maosh berish orqali o'z tarafiga og'dirib olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Shvetsiya termasining 26 yoshli futbolchisi Portugaliya chempionatining to'purari bo'ldi. U 39 o'yinda 33ta gol urdi.



