"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh derbiga qadar tiklanishiga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025, 12:15
"Manchester Yunayted" Brunu Fernandeshning "Manchester Siti" bilan bo'ladigan derbida ishtirok eta olishiga umid qilmoqda.

Jamoa sardori APL 17-turi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yinning (1:2) 1-bo'limida yumshoq to'qimalaridan jarohat oldi. Brunu taxminan bir oyni o'tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Yunayted"da portugaliyalik futbolchi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga qadar tiklana olishiga umid qilishmoqda. Bu degani, Fernandesh bor-yo'g'i 5 ta o'yinni – "Nyukasl", "Vulverxempton", "Lids", "Bernli" va "Brayton"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

APLning joriy mavsumida 31 yoshli futbolchi 17 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 2 ta assist muallifi bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times