

"Manchester Yunayted" klubi Bayini sotib olish borasida "Vilyarreal" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Transferni faqatgina qanchaga amalga oshirishni kelishib olish qolgan. "Qizil iblislar" Bayi uchun 40 million evro to'lashmoqchi emas. Transfer qiymati 40 million evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Ushbu futbolchiga shuningdek, Ispaniyaning "Barselona" hamda Angliyaning "Lester" jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
"Vilyarreal" esa Bayi o'tgan mavsumda "Espanol"dan 5,2 million evroga xarid qilgandi.



