"Manchester Yunayted" "Atalanta" yetakchisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor

Alisher
13 mar 2025, 12:48
"Manchester Yunayted" klubi "Atalanta"ning braziliyalik xavbeki Edersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Bitim summasi 60 mln evroga baholanmoqda. Braziliyalik futbolchi 2022 yildan beri Italiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ederson joriy mavsum "Atalanta" safida 40 ta o'yin o'tkazib, ularda 4 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirdi.

Xavbekning "Atalanta" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Edersonni 50 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com