

Mankunianliklar futbolchini sotib olmoqchi emas. Klub 27 yoshli hujumchi uchun Antonini Braziliya klubiga berib yuborishga tayyor turibdi.
Gabigol laqabini olgan futbolchining transfer summasi 20 mln evro atrofida baholanmoqda. Ushbu mavsumda u Braziliya A Seriyasida 23 o'yinda qatnashib, 5 gol urgan. Bunga qadar u Yevropada unchalik omadli bo'lmagan faoliyat olib borgan va "Inter" hamda "Benfika" tarkibida umumiy hisobda 10 o'yinda maydonga tushgan.



