"Manchester Yunayted" Angliya liga kubogida g'olib chiqsa, uni o'z shahrida nishonlamaydi

Оқил Абдубарноев
24 fev 2023, 21:24
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Liga kubogida g'alaba qozongan taqdirda kubok paradini o'tkazmaslikka qaror qildi.

“Qizil iblislar” yakshanba kuni “Uembli”da “Nyukasl”ga qarshi to'qnash keladi hamda olti yil ichida o'zlarining birinchi trofilarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ammo klub g'alaba qozonsa ham, Manchester shahrida bayram o'tkazish rejasi yo'q.

Manbaning xabariga ko'ra, ten Xag kelgusi hafta parad o'tkazish haqidagi har qanday taklifni rad etgan. Aytishlaricha, mavsum oxirida "Yunayted" ikki yoki undan ortiq sovrinni qo'lga kiritgan taqdirda tantana uyushtirishi mumkin.

"Qizil iblislar" kecha "Old Trafford"da "Barselona" ustidan g'alaba qozondi va Yevropa ligasining nimchorak finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichda inglizlar "Betis" bilan to'qnash kelishadi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" so'nggi bor 2013 yil parad nishonlagan, o'shanda klub ser Aleks Fergyuson qo'l ostida APL chempionligini qo'lga kiritgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail