"Manchester Yunayted" 6 oydan so'ng ilk marta safarda g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
27 avg 2022, 18:45
Bir necha daqiqalar oldin "Manchester Yunayted" APLning 4-turi doirasida "Sautgempton" maydonida kichik hisobda g'alaba qozondi.

Shu orqali Erik ten Xag shogirdlari safar o'yinlaridagi uzoq kutilgan muvaffaqiyatga erisha olishdi. Jamoa shu yilning 20 fevral kuni "Lids" maydonida 4:2 hisobida yutganidan keyin safardagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'layotgandi: "Manchester Siti", "Everton", "Liverpul", "Arsenal", "Brayton", "Kristal Pelas" va "Brentford".

Shuningdek, mankunianliklar aynan 6 oy o'tib, ketma-ket ikki g'alaba qozondi. 16 fevral kuni "Brayton" va 20 fevralda "Lids" ketma-ket mag'lub etilganidan keyin jamoa biror marta ketma-ket ikki marta g'alabaga erisha olmayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal