"Manchester Yunayted" 21 yoshli Uilyams bilan 12,5 million evro evaziga xayrlashishga tayyor

Alisher
23 iyun 2022, 10:16
"Manchester Yunayted" himoyachisi Brendon Uilyams klubdan ketishi mumkin.

Manchesterliklar 21 yoshli angliyalik futbolchi bilan 12,5 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.

Uilyams o'tgan mavsum "Norvich" safida ijara asosida harakat qildi.

Futbolchi APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun