"Manchester Yunayted" va De Xea yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti
Aziz Tukhtamuradov
22 fev 2015
The Mirror nashrining ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" David De Xea bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar posbonning transfer narhi haqidagi bandi borasida kelisha olmayaptilar. "Qizil iblislar" ispaniyalik darvozabonning narhini 50 million qilib belgilamoqchilar. De Xeaning o'zi esa ushbu narhning 25 million evro bo'lishi tarafdori.