Manchester Yunayted Anxelo Enrikesni Saragosaga ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 12:20
"Manchester Yunayted" hujumchisi Anxelo Enrikes "Saragosa"ga ijaraga berildi.

Chili yoshlar terma jamoasi a'zosi, 19 yoshli istedodli futbolchi bu mavsumni ispan klubida, ijara asosida o'tkazadi. "Saragosa" unga to'lanadigan maoshning faqat 10 foizini to'lab beradi xolos, qolganini "Yunayted"ning o'zi to'lab boradi, deya xabar bermoqda AS.

Eslatib o'tamiz, Angliya chempionlari chililik ushbu hujumchini o'tgan yili 4 million funt evaziga sotib olishgan. Bu vaqt orasida u "MYU" asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. O'tgan yili u "Uigan"ga ijaraga berilgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru