"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi: "Everton" shu holatida ham MYUning ustidan kuldi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2022, 14:50
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Trevor Sinkleyr "Manchester Yunayted" va Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

"Manchester Yunayted" qora o'tmishning soyasiga o'xshaydi. Xatto shu holida ham "Everton" "Manchester Yunayted"ning ustidan kulib o'ynadi, MYU futbolchilari esa maydonda yo'qdek edi. Bu jamoada tartib yo'q, ular o'yinda yo'qolib qolishmoqda.

Krishtianu o'yinga umuman kirisha olmadi. Aslida o'yinni yaxshi boshlagandi, zarba berdi. Biroq bundan keyin uning biror xavfli vaziyatini eslay olmayman", - dedi Sinkleyr.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal