

2023 yilning fevralida APL "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davr mobaynida 115ta moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblagan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, juma kuni ushbu ish bo'yicha so'nggi eshituv bo'lib o'tdi. Uch kishidan iborat komissiya taqdim etilgan dalillarni ko'rib chiqadi va yaqin oylarda qarorni e'lon qiladi. Oldinroq ushbu qaror fevral oyida e'lon qilinishi aytilgan edi.
Ikkala tomon apellyaciya berishi kutilmoqda. Bu degani, tekshiruv ishlari kelasi mavsumda ham davom etishi mumkin.



