"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
19 yanv 2025, 19:40
"Manchester Siti" "Yuventus" xavbeki Duglas Luisni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda jurnalist David Ornshteyn xabar bermoqda. Bitim qishda ro'y berishi mumkin. Bunday variant istisno etilmagan. "Manchester Siti" Luisni keyinchalik xarid qilish majburiyatisiz ijaraga olmoqchi.

Luis joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Yuve" bilan shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein