Manchester Siti yulduzlaridan biri yozda jamoani tark etadi

Khoja
20 okt 2024
Manchester Siti himoyachisi Kayl Uolker yozda jamoani tark etadi.

Shaharliklar himoyachini yozda sotib yuborishni maqsad qilgan. Manchester jamoasi 35 yoshli futbolchini 15 million funtga Saudiya klublaridan biriga sotishni maqsad qilgan.

Kayl Uolkerga asosiy davogar Al Ahli bo'lib turibdi. Saudiyaliklar himoyachiga haftasiga 400 ming funt to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Man Siti himoyachini 2017 yilda 50 million funtga sotib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan


KhojaMuallif
Manba: championat.com