"Manchester Siti" xo'jayinlari Osiyo klubini sotib olishdi

Alisher
28 noya 2019
"City Football Group" kompaniyasi Hindistonning "Mumbay Siti" klubi akciyalarining 65% ini sotib oldi.

Qolgan 35% akciya esa hozirgi rahbarlar, yani Ranbir Kapur va Bimal Parexlarning nazoratida bo'ladi.

"Kompaniyamiz hind futbolining kelajakdagi rivojlanishini va klubni qo'llab-quvvatlaydi. Biz klub va uning hayotida muhim rol o'ynashni xohlaymiz. Klub rivojiga hissa qo'shish uchun imkon qadar tezroq ishga kirishmoqchimiz", - deydi kompaniya rahbari Xaldun Al Muborak.

"City Football Group" shuningdek "Manchester Siti", "Nyu-York Siti", "Melburn Siti", "Yokogama Marinos", "Atletiko Torke", "Jirona" va "Sichuan Czyunyu" klublariga ham egalik qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail