"Manchester Siti" xavbeki "Nyukasl"ning bosh maqsadiga aylandi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2023
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips "Nyukasl"ning qishki transfer oynasidagi bosh maqsadi hisoblanadi.

Klub hali "shaharliklar" bilan ham, Fillipsning o'zi bilan ham bog'lanmadi, ammo tez orada muzokaralar jarayonini boshlamoqchi. Qayd etish kerakki, "qora-oqlar" bitimni tezroq tuzishmoqchi.

28 yoshli Kelvin Fillips ijara asosida "Nyukasl"ga yo'l olishi kutilmoqda. Gap shundaki, moliyaviy feyr-pley qoidasi "Nyukasl"ni xaridlar bo'yicha cheklab qo'ymoqda.

Transfermarkt portali Kelvin Fillipsni 28 million evroga baholamoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Telegraph