"Manchester Siti" Tirnini "Arsenal"dan xarid qilishi mumkin

Alisher
20 iyun 2022
"Arsenal" himoyachisi Kiran Tirni faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

24 yoshli shotlandiyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" Tirnini "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelyaning o'rniga xarid qilishlari mumkin.

Tirni o'tgan mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Himoyachi ayni damda jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda. Transfermarkt o'yinchini 32 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Scotsman