

Klub direktori Chiki Begiristain himoyachining ulkan salohiyatga ega ekanligini ta'kidlab, uning "Etihad"ga kelganidan mamnun ekanligini bildirdi.
"Uning jamoamizga qo'shilganidan juda xursandmiz va hayajondamiz.
Yosh himoyachi bo'lishiga qaramay, Abduqodir allaqachon juda aqlli, shuningdek, kuchli, shijoatli va g'oyat tezkor xislatlarni o'zida mujassam etgan.
Pep bilan ishlash uni yanada rivojlantiradi.
Biz haqiqatan ham ajoyib transfer amalga oshirdik, chunki Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib qolishni maqsad qilganmiz".
"Manchester Siti"ning barcha a'zolari Abduqodirni klubimizda kutib olishdan mamnun" - dedi Begristayn.



