"Manchester Siti" sobiq himoyachisi Mangalya bir yildan so'ng futbolga qaytdi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2023, 02:06
"Eshtoril" himoyachisi Elyakim Mangalya bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

32 yoshli fransiyalik futbolchi Portugaliya klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Mangalya erkin agent sifatida "Sent-Eten"ni tark etganidan keyin 2022 yilning yozidan beri klubsiz. Avvalroq u "Everton", "Manchester Siti", "Valensiya", "Portu" va "Standard" klublarida ham to'p tepgan.

2017 yilda fransiyalik futbolchiga Moskvaning "Spartak" klubi qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchining o'zi Rossiyaga ko'chib o'tishni istamagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SAPO Desporto