

"Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va uning fikriga ko'ra, 28 yoshli senegallik ularga mos keladi.
Ma'lumotlarga qaraganda "Manchester Siti" markaziy himoyachi uchun 95 million evro to'lab berishga rozi.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham senegallik futbolchi uchun da'vogar.
Ushbu mavsumda "Napoli" markaziy himoyachisi A Seriyada 15 ta o'yin o'tkazdi.




