Gvardiola Husanov nega "Siti"ning har bir o'yinida boshlang'ich tarkibda tusholmasligini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025
Bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasining 1-turi doirasidagi "Manchester Siti" – "Napoli" o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida himoyachi Abduqodir Husanov nima uchun muntazam ravishda maydonga tusholmasligi haqida to'xtaldi.

14 sentyabr, yakshanba kuni 21 yoshli Husanov APLning 4-turi doirasidagi “Manchester Yunayted”ga (3:0) qarshi o'yinni to'liq o'tkazdi va eng yaxshi baho olgan futbolchilardan biri bo'ldi, hatto tur ramziy terma jamoasiga ham kirdi.

"Biz har uch kunda o'ynashimiz kerak: hech kim bunga [qanotdagi bunday yuklamaga) qodir emas. Men uning jismoniy imkoniyatlarini bilaman. U juda tez va [o'ng] qanotni juda yaxshi yopadi. U to'pni kamdan kam yo'qotadi, lekin bazida uning g'ayrati uni noto'g'ri qarorlar qabul qilishga majbur qiladi", – dedi Gvardiola.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com