Gvardiola kechagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Khoja
19 sen 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Napoli"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jamoa so'nggi ikki o'yinda yangi sifatlarga ega bo'ldi: himoya va hujumda sovuqqonlik, futbolchilar bir-birini yaxshi tushunishmoqda. Men juda mamnunman. Bunday kayfiyatda "Arsenal"ga qarshi maydonga tushish ancha yoqimli", - deb fikr bildirdi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" APLning navbatdagi turini 21 sentyabr kuni o'tkazadi. Ular mehmonda "Arsenal" bilan bahs olib borishadi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru