

Konte BBC'ga bergan intervyusida "Siti"ga qarshi o'ynash shundoq ham qiyinligi va ularga qarshi 10 kishi bilan o'ynashning iloji yo'qligini aytdi. Mutaxassis jamoasi himoyada yaxshi o'ynagani, ammo gol o'tkazib yuborilgan holatlarda yaxshiroq o'ynash mumkin bo'lganini ta'kidladi.
"Biroq men futbolchilarimga etiroz bildirishni xohlamayman. Ular katta fidoyilik va qatiyat ko'rsatishdi, ammo bunday raqibga qarshi bu etarli bo'lib chiqmadi", – deya qo'shimcha qildi Konte.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" jamoasi "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Neapolliklar himoyachisi Jovanni Di Lorenco 21-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.



