"Manchester Siti", "Milan" va "Real" argentinalik himoyachiga qiziqmoqda

Alisher
21 yanv 2021, 12:30
"Feyenoord" himoyachisi Markos Senesiga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Manchester Siti", "Milan" va "Real" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Rottyerdamliklar Senesini sotishni rejalashtirishmayapti va unga 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Shartnomada uning tovon puli 50 million evro etib ko'rsatiladi.

Markos joriy mavsum Erediviziya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf