"Manchester Siti" Maguayr uchun bo'lgan kurashda MYUni engdi

Alisher
22 iyun 2019
"Lester" himoyachisi Garri Maguayr katta ehtimol bilan shu yozda "Manchester Siti" futbolchisiga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, "Lester" o'z yetakchisini 90 million evroga baholagan. MYU 45 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas. "Manchester Siti" esa angliyalik himoyachiga 73 million evro to'lashga tayyor. Bu mablag' esa "Lester"ni qanoatlantiradi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Maguayrni Vensan Kompanining o'rniga ayni mos futbolchi sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, Kompani "Manchester Siti" bilan hayrlashishga ulgurdi.

25 yoshli Maguayr yakunlangan mavsum Angliya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: The Times