"Manchester Siti" klubning bo'lajak bosh murabbiyini ishga oldi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 17:43
Gollandiya termasining sobiq futbolchisi Jovanni van Bronkxorst "Manchester Siti"da ish boshladi.

"Daily Mirror" xabariga ko'ra, sobiq futbolchi "shaharliklar" ijrochi direktori Ferran Soriano hamda sport direktori Chiki Begiristaynlar bilan yaxshi tanish. Bu ularning muzokarasiga jiddiy ta’sir o'tkazgan.

Qayd etilishicha, gollandiyalik "Manchester Siti"da Gvardioladan keyin bosh murabbiy bo'ladi. Bu uning shartnomasida keltirilgan bo'lishi mumkin. Kataloniyalik mutaxassisning "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror