

Shuning uchun klub uning joriy mavsumdagi mashg'ulotlari va o'yinlari jadvalini ehtiyotkorlik bilan rejalashtiryapti. Pep Gvardiola va uning xodimlari norvegiyalik super yulduzning jamoasiga yordam bera oladigan vaqtini ko'paytirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishmoqda.
Uning jarohat olishi jamoa o'yini jiddiy pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli kerakli ehtiyot choralari ko'rilmoqda.
22 yoshli Erling Holand Angliya Premer-ligasida 7 ta o'yinda 11 ta gol urdi. Uning hisobida 1 ta asist ham mavjud.



