"Manchester Siti" himoyachisi "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 iyun 2025
"Fenerbaxche" Kayl Uokerning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Mahalliy matbuotning ma'lumotiga ko'ra, Istanbul klubi 35 yoshli himoyachi borasida rasmiy taklif jo'natgan.

Uokerning o'zi kamida 2 yillik shartnoma talab qilmoqda. Agarda futbolchi va klub kelishuvga erisha olsa, "Manchester Siti" transferga to'sqinlik qilmaydi.

O'tgan mavsumda Uoker "Milan" tarkibida ijara asosida o'ynadi va barcha turnirlarda 14 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/yagosabuncuoglu