"Manchester Siti" futbolchisi koronavirusga chalindi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2021
"Manchester Siti"ning amerikalik darvozaboni Zak Steffen koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi.

Shu sababli darvozabon Gondurasga qarshi JCH-2022 uchun navbatdagi saralash o'yinida o'z terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Steffen o'n kun davomida o'zini izolyaciya qilishga majbur bo'ladi, shundan so'ng u mashg'ulotlarga qayta oladi.

"Siti"da asosiy posbon braziliyalik Ederson sanaladi.

Eslatib o'tamiz, Steffen 2019 yilning yozida "shaharliklar" safiga kelib qo'shilgan. Tomonlar 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru