"Manchester Siti" asosiy himoyachisi Angliya terma jamoasi o'yinida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022, 14:27
Angliya terma jamoasi va "shaharliklar" himoyachisi Jon Stounz Millatlar Ligasi doirasidagi Germaniyaga qarshi o'yinda jabr chekdi.

Angliya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi birinchi bo'limda shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi.

Shifokorlar tekshiruvidan so'ng futbolchi 37-daqiqada Kayl Uoker bilan almashtirildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Stounz sonining yuza qismidan jarohatlangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Mole