

Pep Gvardiolaning jamoasi shanba kuni Angliya Kubogi 1/4 finalida "Byornli"ni 6:0 hisobida taslim qildi.
Shunday qilib, so'nggi 10ta o'yinda 8ta g'alabaga erishdi va 2ta durang qayd etdi. Ularning 6tasi ketma-ket. "Shaharliklar" so'nggi bor 5 fevral kuni "Tottenxem"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Manchester Siti" so'nggi 6ta o'yinda 23ta gol urdi va 1ta gol o'tkazib yubordi.



