"Manchester Siti" 21 yoshli hujumchiga qiziqmoqda

Alisher
1 noya 2019
"Styaua" hujumchisi Florinel Koman bir necha klublar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

21 yoshli ruminiyalik futbolchiga "Manchester Siti", "Vest Xem" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda.

Koman joriy mavsum Ruminiya chempionati doirasida 11ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assistga erishgan.

Futbolchi 2014-2017 yillar davomida "Viitorul"da o'ynaganidan so'ng "Styaua"ga o'tgan.

Koman 2017 yildan beri Ruminiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynab kelmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail