

Bu haqda insayder Fabricio Romano Twitter'da xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "shaharliklar" o'yinchi uchun shartnomada ko'rsatilgan 8 million evroni to'lashadi. Transfer 12 fevralda yakunlanadigan yoshlar o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionatidan so'ng rasmiylashtiriladi.
19 yoshli Perrone "Veles"da 33ta o'yinda 3ta gol va 2ta assist qayd etdi. Tayanch xavbekining klub bilan shartnomasi 2023 yilning dekabrida yakunlanadi.



