Manchester klublari "Brayton" yetakchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023
"Brayton"ning hujumkor yarim himoyachisi Kaoru Mitoma yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin.

"Fichajes" xabariga ko'ra, yaponiyalik vinger transferiga Angliya Premer-ligasining ikki top-klubi – "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Kaoru joriy Angliya chempionatida 7 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt Mitomaning narxini 32 million evroga baholamoqda.

"Brayton" Mitomani 2022 yilning yozida Belgiyaning "Yunion" jamoasidan sotib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes