Manba: Otabek Shukurov faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 sen 2025, 13:43
O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Otabek Shukurov BAA jamoasida o'ynaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tajribali yarim himoyachi faoliyatini "Al Vahda"da davom ettirishga yaqin.

Futbolchi so'nggi bor Saudiya Arabistonining "Al Fayha" jamoasi sharafini himoya qilgan va yozda ushbu klub bilan shartnomasi nihoyasiga etgandi. 

Ma'lumot o'rnida, "Al Vahda" BAA chempionatida 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 

Avvalroq 29 yoshli futbolchi Eronning "Persepolis" va "Istiqlol" klublari taklif bilan chiqqani, ammo ularni rad etganini ma'lum qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uaekick