Manba: Germaniya klubi "So'g'diyona" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
16 okt 2025, 19:01
Bu haqda Goal.tj ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Tojikiston terma jamoasi va "So'g'diyona" klubi himoyachisi Zoir Jo'raboev Germaniya Ikkinchi Bundesligasidan rasmiy taklif olgan.

Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda, deb yozadi manba. 

27 yoshli himoyachi joriy mavsum jizzaxliklar safida 27 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 600 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.tj