

"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning kelajagi haqida bosh qotirishmoqda. Klub yaqindagina 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblangandi.
Klub esa bu holatda Gvardiolaning 2020 yildagi gaplarini yodga olgan. O'shanda ham "Siti" moliyaviy firibgarlikda ayblanganda, Gvardiola agar bu xabarlar tasdiqlanadigan bo'lsa, klubdan ketishini va klubdagilar boshqa uning do'sti bo'lmasligini ma'lum qilgandi.
"Man Siti" aynan shu gaplarni yodga olgan holda, agar ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, Gvardiolaning klubdan ketishini taxmin qilishmoqda.



