"Arsenal" "Man Siti" va "Chelsi"ning transfer maqsadini "ilib ketishi" mumkin

"Arsenal" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

23 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qiziqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" Andersonning transferi uchun 100 million funtdan ortiq (115 million evro) talab qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Anderson barcha turnirlarda 41 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.


Manba: Caught Offside