"Man Siti" Zakariya uchun 40 mln evro taklif qilmoqda
Mirjalol Normatov
30 okt 2020, 22:27
Menxengladbaxning "Borussiya"si yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
23 yoshli shveytsariyalikka "Manchester Siti" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Shaharliklar" xavbekning transferiga 40 mln evro ajratishga tayyor turibdi.
Zakariya o'tgan mavsum Bundesliganing 23 o'yinida qatnashib, 2 gol va 2 assist qayd etdi.